Jamiyat

COVID-19: barcha hududlarda 90 foizdan ziyod bemorlar shifo topdi

© Minzdrav UzbekistanaV Namangane 11 chelovek vыlechilis ot koronavirusa
V Namangane 11 chelovek vыlechilis ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Fargʻona viloyatida tuzalish boʻyicha eng yuqori koʻrsatgich qayd etilgan. U yerda bemorlarning 99 foizi shifo topgan.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallaganlarning umumiy soni 41 303 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Oʻtgan tun davomida yana 143 kishida koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Yangi kasallanganlarning 87 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Buxoro viloyatida, yana 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida hamda yana 2 nafari Namangan viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Ministr zdravooxraneniya Uzbekistana Alisher Shadmanov  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shodmonov maktablarni koronavirus oʻchogʻiga aylantirmaslikka chaqirdi

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 84 yoshli I.A. (ayol) hamda Yangiyoʻl tumanida yashagan 47 yoshli B.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Shu paytga qadar mamlakatda 38359 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan. Tuzalish boʻyicha eng yuqori koʻrsatgich Fargʻona viloyatida (99 foiz). Qolgan hududlarda ham 90 foizdan ziyod bemorlar shifo topgan.

Hozirda mamlakatda 2633 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 276 nafari ogʻir, 138 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala