Bugun Namangan – Andijon – Margʻilon – Qoʻqon elektrlashtirilgan halqa temir yoʻli tantanali ravishda ochildi.
TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Bugun, 30 avgust kuni Namangan – Andijon – Margʻilon – Qoʻqon elektrlashtirilgan halqa temir yoʻlining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ushbu tadbirda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi vazifasini bajaruvchi X.Xasilov hamda tizimdagi qator korxona-tashkilotlar rahbarlari, boshqarma boshliqlari, shuningdek, mehnat faxriylari, Namangan shahar hokimi va OAV vakillari ishtirok etishdi.