Mirziyoyev Toshkentda sovutgich ishlab chiqarish zavodini ochdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vipusku xolodilnikov v Tashkente
Shavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vipusku xolodilnikov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umumiy qiymati 51,5 million dollar bo‘lgan korxonada Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi o‘rnatilgan.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Poytaxtning Yashnobod tumanidagi Texnoparkda 29-avgust kuni ikkinchi istiqbolli loyiha – maishiy sovutgichlar ishlab chiqarish zavodi foydalanishga topshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, korxonani ochdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Umumiy qiymati 51,5 million AQSh dollari bo‘lgan korxonada Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi o‘rnatilgan. Uskunalarni montaj qilish va loyihani ishga tushirishga ham koreyalik mutaxassislar jalb qilingan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vipusku xolodilnikov v Tashkente
Mirziyoyev Toshkentda sovutgich ishlab chiqarish zavodini ochdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vipusku xolodilnikov v Tashkente

Ta’kidlanishicha, ushbu zavodda ishlab chiqariladigan sovutgichlarning farqi shundaki, ular yuqori texnologik, yangi avlod mahsulotidir. Shunga yarasha ularning sifati yuqori, sig‘imi ham katta.

“Sobiq aviatsiya zavodi to‘xtab, qarovsiz qolib ketgan edi. Keyingi yillarda undan foydalanish bo‘yicha ko‘rgan choralarimiz asta-sekin o‘z natijasini berayapti. Bulardan maqsadimiz – odamlarni ishli qilib, oylik berish, raqobatbardosh mahsulot chiqarib, eksport qilish”, – dedi prezident.

Korxonada ishlab chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgani natijasida har 19 sekundda bitta mahsulot tayyorlash mumkin. Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bu sovutgichlarning 30 foizini eksport qilish ko‘zda tutilgan. Bu yerda 1500 ta ish o‘rni yaratilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vipusku xolodilnikov v Tashkente
Mirziyoyev Toshkentda sovutgich ishlab chiqarish zavodini ochdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vipusku xolodilnikov v Tashkente

Davlat rahbari jamoatchilik faollari bilan muloqotda sanoatni mahalliylashtirish masalalari haqida gapirdi. Xususan, 2016-yil yakunida 100 ming tonna atrofida mis ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu yil oxirida 150 ming tonnaga yetkazilishi ta’kidlandi. Kelgusida 400 ming tonna reja qilingan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vipusku xolodilnikov v Tashkente
Mirziyoyev Toshkentda sovutgich ishlab chiqarish zavodini ochdi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vipusku xolodilnikov v Tashkente

Mazkur texnopark 2019-yil avgustda tashkil etilgan. Bu yerda 2020-2021 yillarda 15 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Barcha loyihalar bajarilgandan keyin jami ishlab chiqarish hajmi yiliga 800 million AQSh dollari bo‘lishi mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0