Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Sport

OAV: “Barselona” Messini “Manchester Siti”ga sotishga rozi boʻldi

Taʼkidlanishicha, “Barselona” hujumchisi Lionel Messini Angliyaning “Manchester Siti” klubiga 280 million yevroga sotishga tayyor.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi hujumchisi Lionel Messini Angliyaning “Manchester Siti” klubiga 280 million yevroga sotishga tayyor. Bu haqda Mirror nashri xabar qilmoqda.

Futbol. CHM-2018. Match Argentina - Islandiya - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
"Ogʻir sinov". Mutaxassis Messining "Barselona"dan ketish qarorini izohladi

Nashr manbasi maʼlumotiga koʻra, “Barselona” futbolchilarni oʻzaro almashish va qoʻshimcha toʻlov olish variantini ham koʻrib chiqishga tayyor.

Avvalroq argentinalik futbolchi Lionel Messi “Barselona”dan ketishini maʼlum qilgan edi. OAV xabariga koʻra, Messining oʻzi ham “Manchester Siti”ga oʻtish istagini bildirgan. Shuningdek, Messi bilan shartnoma imzolashga Frantsiyaning  “Pari Sen-Jermen” va Italiyaning “Yuventus” klublari daʼvogarlik qilayotgani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala