Sport

Oston Oʻrunovning debyut oʻyinida “Spartak” gʻalaba qozondi

Oʻzbekistonlik futbolchi Oston Oʻrunov debyut qilgan oʻyinda “Spartak” klubi Tulaning “Arsenal”i ustidan irodali gʻalaba qozondi.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Futbol boʻyicha Rossiya premyer ligasining 6-turida “Spartak” Tulaning “Arsenal” klubiga qarshi bahs yuritdi.

Futbol. RPL. Match Krasnodar – Ufa - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻrunov: otam “Spartak”da oʻynashimni orzu qilar edi

Dastlab "Arsenal" futbolchisi Xlusevich hisobni ochgan boʻlsa, boʻlim yakuniga qadar moskvaliklar bunga 2 ta toʻp bilan javob qaytara oldi. “Qizil-oqlar” tarkibida Aleksandr Sobolev va Samuel Jigo gol muallifiga aylandi.

Qayd etish joizki, bu oʻyinda oʻzbekistonlik futbolchi Oston Oʻrunov oʻz debyutini nishonladi. 69-daqiqada maydonga tushgan Oston oʻyin soʻngiga qadar oʻzining faol harakatlari bilan ajralib turdi.

Mazkur gʻalabadan keyin “Spartak” ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda RPLda peshqadamga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala