Putin va Lukashenko Moskvada uchrashishga kelishib oldi
Putin va Lukashenko Moskvada uchrashishga kelishib oldi
Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida yaqin haftada Moskvada uchrashishga kelishib olindi. 30.08.2020, Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida yaqin haftada Moskvada uchrashishga kelishib olindi.
TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin i Aleksandr Lukashenko yaqin haftada Moskvada uchrashuv oʻtkazishga kelishib oldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qilgan va uni tavallud kuni bilan qutlagan.
“Yaqin haftada Moskvada uchrashuv oʻtkazishga kelib olindi”, - deyilgan xabarda.
Putin va Lukashenko Rossiya-Belarus ittifoqdoshligining mustahkamlanishi va barcha sohalarda oʻzaro hamkorlikni kengaytirish tarafdori ekanini tasdiqlagan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning RIA Novostiga maʼlum qilishicha, ikki davlat rahbarlari uchrashuvining aniq sanasi hozircha belgilanmagan.