Dunyoda

Yaqin kunlarda koʻp qavatli uy kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashadi

© NASA/Goddard/University of ArizonaFotografiya asteroida. Arxivnoye foto
Fotografiya asteroida. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Asteroid 1 sentyabr kuni uchib oʻtadi. Osmon jismining kattaligi 22 metrdan 49 metrga yetadi. U sayyoraga 120 ming kilometr atrofidagi masofada yaqinlashadi.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Ehtimoliy xavfli 2011 ES4 asteroidi 1 sentyabr kuni Yerga yaqinlashadi. Bu haqda NASA xabar qilmoqda.

Agentlik maʼlumotiga koʻra, astreoidning Yerga yaqinlashishi Moskva vaqti bilan soat 19:12 daqiqada kutilmoqda. Osmon jismining kattaligi 22 metrdan 49 metrga yetadi.

U sayyoraga 120 ming kilometr atrofidagi masofada yaqinlashadi. Bu Yerdan Oygacha boʻlgan masofadan 3,2 marta qisqariroq. Yerdan Oygacha boʻlgan masofa 384,4 ming kilometrni tashkil etadi. Asteroidning tezligi soniyasiga 8,16 kilometrni tashkil etadi.

2011 ES4 asteroidi 2011 yil 2 martda kashf etilgan. U “Apollon” guruhiga mansub.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala