Migratsiya

Yana 287 nafar oʻzbekistonlik Rossiyaga ishlashga joʻnab ketdi

© Agentstvo vneshney trudovoy migratsii UzbekistanaOcherednaya gruppa uzbekistantsev otpravilis na zarabotki v Rossiyu
Ocherednaya gruppa uzbekistantsev otpravilis na zarabotki v Rossiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun yana bir guruh oʻzbekistonliklar joʻnab ketdi.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Navbatdagi 287 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyada ishlash uchun uchib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Inostrannыe grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyaning Amur viloyatiga joʻnab ketgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha qoʻshimcha izoh berildi

Xabarda yozilishicha, ular Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlashadi. Ilgari ushbu zavodda ishlash uchun Oʻzbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

Ular 14 kunlik karantindan soʻng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obʼyektlarida ish boshladi.

Eslatib oʻtamiz, 31 iyul kuni 144 nafar, 12 avgust kuni 84 nafar fuqarolar aynan mazkur zavod qurilishida ishlash uchun tashkillashtirilgan holda joʻnab ketgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala