Bo‘stonliq tumani turizmni rivojlantirishga ixtisoslashtiriladi - prezident farmoni

© Sputnik / Anna JelixovskayaOtdixayushie na plyaje Charvakskogo vodoxranilisha pitayutsya nasladitsya poslednimi pogojimi dnyami uxodashego leta
Otdixayushie na plyaje Charvakskogo vodoxranilisha pitayutsya nasladitsya poslednimi pogojimi dnyami uxodashego leta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘stonliq tumani - turizmni rivojlantirishga ixtisoslashtiriladi. Tuman hokimiyati faoliyati turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisiga tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq tumanida 2022-yilning 31-dekabrigacha ma’muriy boshqaruvning alohida tizimi joriy etildi. Bu haqida 27.08.2020 kuni imzolangan 6053-sonli prezident farmonida aytib o‘tilgan. 

Farmonda aytilishiga ko‘ra, alohida boshqaruv tizim tashkil etishga, tumanda transport va infratuzilmaviy muammolar to‘planib qolgani, yangi ish o‘rinlari yaratilmayotgani va hududning turistik imkoniyatlaridan samarali foydalanilmayotgani sabab bo‘lgan. 

Alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

a) Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bir vaqtning o‘zida «Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) direktori lavozimini egallaydi, shuningdek, Bo‘stonliq tumani (keyingi o‘rinlarda — tuman) hokimligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. (Jumladan hokim va uning o‘rinbosarini tayinlash borasida tavsiyalar berishni ham).

V svazi s pandemiyey istoricheskie obyekti opusteli - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda turizm qanday jonlanmoqda – foto

b) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida tumanda joylashgan aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bog‘liq davlat mulki obyekti bo‘lgan dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa obyektlar, shuningdek, turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati bo‘lgan yer uchastkalari Direksiyaga keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) realizatsiya qilish uchun o‘tkaziladi;

v) «Chorvoq” erkin turistik zonasi (keyingi o‘rinlarda — erkin turistik zona) hududida joylashgan hamda ushbu bandning “b” kichik bandiga asosan Direksiyaga o‘tkazilgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini realizatsiya qilish Direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;

va ho kazo ...

3. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashabbusi bilan "Tiklanish yo‘li" xalqaro onlayn turizm konferensiyasi o‘tkaziladi

Jamg‘armaga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan birinchi bosqichda ajratiladigan 20 million AQSh dollari miqdoridagi kredit, tuman hududida joylashgan davlat mulki obyektlari hamda yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va boshqa manbaalar jalb etiladi. 

Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • yo‘l, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr tarmog‘i infratuzilmalarini yaxshilash, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
  • yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida o‘ziga xos ekologik tizimni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish;
  • ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududlar va parklarni yaratish, chiqindilarni qayta ishlash, obodonlashtirish, atrof muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bilan bog‘liq zamonaviy yechimlarni joriy etish;
  • loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar xizmatlari uchun haq to‘lash;
  • tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish uchun jalb qilingan kreditlarni qaytarish, ularning foiz stavkalarini qoplash;

Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0