Buxoroda bayroq rangiga bo‘yalgan avtomobil jarima maydonchasiga olib ketildi

© UVD Buxarskoy oblastiVoditel v Buxare raskrasil avto v sveta natsionalnogo flaga - foto
Voditel v Buxare raskrasil avto v sveta natsionalnogo flaga - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoroda, avtomobilini davlat bayrog‘i rangiga bo‘yab olib, lekin hujjatsiz yurgan haydovchining transporti jarima maydonchasiga joylashtirildi.

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Buxoroda o‘z ixtiyoti bilan avtomobil rangini O‘zbekiston davlat bayrog‘i ranglariga bo‘yagan fuqaroning harakatlariga chek qo‘yildi, deb xabar qilmoqda Buxoro shahar IIBB matbuot xizmati.

© UVD Buxarskoy oblastiVoditel v Buxare raskrasil avto v sveta natsionalnogo flaga - foto
Buxoroda bayroq rangiga bo‘yalgan avtomobil jarima maydonchasiga olib ketildi - Sputnik O‘zbekiston
Voditel v Buxare raskrasil avto v sveta natsionalnogo flaga - foto

 

Ma’lum bo‘lishicha, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro T. F., 31-avgust kuni soat 10:40 larda Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi bo‘ylab o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” avtomobilini davlat bayrog‘iga bo‘lyagan holda, shaxsiga oid va boshqa tegishli hujjatlarsiz haydab ketayotgan vaqti YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qonuniy chora ko‘rish uchun transport vositasi tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

© UVD Buxarskoy oblastiVoditel v Buxare raskrasil avto v sveta natsionalnogo flaga - foto
Buxoroda bayroq rangiga bo‘yalgan avtomobil jarima maydonchasiga olib ketildi - Sputnik O‘zbekiston
Voditel v Buxare raskrasil avto v sveta natsionalnogo flaga - foto

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, avtomobilni boshqarganda haydovchida ,qonun tomonidan belgilangan hujjatlar: sug‘urta polisi, haydovchilik guvohnomasi va avtomobil qayd etish guvohnomasi bo‘lishi kerak. 

Shuningdek, maxsus ruxsatnoma olmasdan turib avtomobil rangini o‘zgartirish ham ta’qiqlanadi.

© UVD Buxarskoy oblastiVoditel v Buxare raskrasil avto v sveta natsionalnogo flaga - foto
Buxoroda bayroq rangiga bo‘yalgan avtomobil jarima maydonchasiga olib ketildi - Sputnik O‘zbekiston
Voditel v Buxare raskrasil avto v sveta natsionalnogo flaga - foto

Yangiliklar lentasi
0