Maktab bozorida nima gaplar? Maxsus reportaj

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"
Kanstovari v torgovom komplekse Ilm Shu’lasi  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil maktab buyumlari bozoridan narx-navolar qanday, qanaqa yangi mahsulotlar paydo bo‘lgan, karantin narx-navoga qanday ta’sir qilganini bilish uchun Sputnik muxbiri maktab bozorida bo‘ldi.

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Yangi o‘quv yili boshlanishiga salkam ikki xafta qoldi. Tabiiyki, bu vaqt ichida ota-onalar maktab o‘quv qurollarini xarid qilishga tushishadi. Narxlari hamonbop va tanlov imkoniyati ko‘proq bo‘lganligi bois aksariyat ota-onalar maktab qurollarini “Ilm shu’lasi” savdo kompleksidan xarid qilishni ma’qul ko‘rishadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"
Maktab bozorida nima gaplar? Maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Kanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"

Avvaliga doimgidek xaridor bilan gavjum bo‘lishi mumkin degan o‘yda ushbu bozorga tashrif buyurgan bo‘lsak,  uning ichkarisiga kirgach, xato o‘ylaganligimizni angladik. Sababi, bozorda xaridorlar sanoqli edi xolos.

Sotuvchilar esa umid bilan do‘konlarini ochib o‘tirishibdi. Buning sababini karantin holatining yechilganligiga hali unchalik ko‘p vaqt bo‘lmaganligi va XTVning “gibrid” ssenariysi bo‘yicha o‘qishni boshlashga qaror qilganligiga yo‘ydik.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"
Maktab bozorida nima gaplar? Maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Kanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"

Bozorda koronavirusdan himoyalanish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan, kirish darvozasida “Covid-19 ni birga yengamiz” degan shiorlar yozib qo‘yilib, qo‘lida antiseptik vositalarini ko‘tarib olgan mas’ul ishchilar xaridorlar isitmasini birma bir tekshiruvdan o‘tkazib turibdi..

Dollar kursining oshishi maktab qurollari narxiga nima aloqasi bor?

Sotuvchilardan birining aytishiga qaraganda dollar kursining oshishi maktab qurollarining o‘tgan yilgi narxiga nisbatan 10 % ga ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, do‘kon va rastalardagi maktab qurollarining narxlari boshqa do‘kondagi maktab qurollari narxidan 500 so‘mgacha farq qilayotganiga guvoh bo‘ldik.  O‘z hamoni sharoiti va tanlov imkoniyatini hisobga olib, ota-onalar  bozordan umumiy maktab qurollarini o‘rtacha 450 000 so‘mdan tortib 500000 ming so‘mgacha xarid qilishi mumkin. Biroq bu narxlarda sotib olingan mollarning sifati nafaqat xaridor talabiga javob bermaydi, balki sotuvchilarning o‘zi ham kafolat berolmaydi.

O‘quv qurollari necha puldan?

Bozor rastalarida oddiy 12 varaqli yozuv daftarining narxi 300 so‘mdan 400 so‘mgacha, ko‘k rangli ruchkalar 1000 so‘m, olti va undan ko‘proq donadagi turli rangda bo‘lgan ruchkalar 4500 so‘mdan tortib 11 500 so‘mgacha sotilmoqda.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"
Maktab bozorida nima gaplar? Maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Kanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"

O‘n ikki donadan iborat bo‘yoq qalamlarning narxi 12 000 so‘m, o‘chirg‘ichlar 2000 so‘m, Dubaydan keltirilgan qalam chiqargichlar 1500 so‘mdan 7500 so‘mgacha. Sotuvchiga ko‘ra qimmatroq narxdagi Dubay va Xitoydan keltirilgan, yangi bezakli ishlovlardagi qalam chiqargichlar qalam o‘chirish vazifasini ham bajaradi.

Sirkullar ichidagi qo‘shimcha qurollari bilan sifatiga qarab o‘rtacha 18 000 so‘mdan 35 000 so‘mgacha bo‘lsa, qo‘shimcha qurollarsiz bo‘lgan original sirkulning narxi 45 ming so‘mdan sotilmoqda.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"
Maktab bozorida nima gaplar? Maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Kanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"

Rasm daftarlar suratlari va sifatiga qarab 8 dan 40 varaqlisigacha 2400 so‘mdan 5300 so‘mgacha, lineykalar 1500 so‘mdan 9 600 so‘m, bo‘yoq shetkalari 4500-10500 so‘mgacha, bo‘yoqlar sakkiz xonalidan 32 xonaligacha 7 000 so‘mdan 26 500 so‘mgacha, o‘ng va chapaqaylar uchun mo‘ljallangan o‘quvchilar qaychisi 3500 so‘mdan 4500 so‘mgacha narxlarda.

O‘zbekistonda qanday o‘quv qurollari ishlab chiqariladi?

Bundan tashqari rastalardagi maktab qurollarining deyarli aksariyati Rossiya, Xitoy va Dubaydan keltirilgan mollar bo‘lib, bariga ko‘rinishi, sifati va hajmiga qarab narxlar belgilangan. Sotuvchilardan biri esa hozircha faqat daftar, ruchka va baholash kundaliklargina O‘zbekistonda ishlab chiqarilib, bozorga tarqatilayotganini aytadi. Buni boshqa do‘kon sotuvchilari ham tasdiqladi.

“Onlayn” o‘qishda o‘quvchilar kundalik daftari tutadimi?

Xaridorlardan biri do‘konga kundalik daftari bormi deya so‘rab kirdi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"
Maktab bozorida nima gaplar? Maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Kanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"

Sotuvchi kundalik daftari sotilmayotgani, bu yil o‘quvchilarning onlayn tizimda o‘qitilayotganligi bois baholash kundaliklaridan foydalanilmasligini aytdi. Xaridor sotuvchi javobidan ko‘ngli to‘lmay  keyingi do‘konga kirib, kundalik sotib oldi.  “Gibrid” ssenariysi bo‘yicha o‘qitilishidan xabardor sotuvchi ma’lum foiz bo‘lsada bu yil ham o‘quvchilarning kundaliklar daftaridan foydalanishlari mumkinligini aytadi va xaridorga Dubaydan keltirilgan yangi charm muqovali kundaliklarni taklif qiladi.   Turli rang va naqshlarda bo‘lgan ushbu charm kundaligi 20 000 so‘m, Xitoydan keltirilgan qog‘oz muqovali kundaliklar 3000 so‘mga sotilmoqda. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kundaliklar esa 6000 so‘m bo‘lib, sotuvchi uning sifati narxiga yarasha ekanligini ochiq-oydin aytadi. 

Xaridor sifatsiz moldan norozi bo‘ldi. Sababi...

Kuzatuv jarayonida sotuvchi yoniga xaridorlardan biri kelib, unga sifatsiz bo‘lgan ruchkani 1000 so‘m bahosida sotganligi, uni boshqa yaroqlisiga alishtirib berishini talab qildi.  Sotuvchi ham bo‘sh kelmay, xaridorning o‘zi arzon bahosiga uchib shu ruchkani sotib olgani, rangi oqadigan mazkur ruchka O‘zbekistonda ishlab chiqarilganligini aytdi va xaridorga 2000 so‘m narxda bo‘lgan Dubay va Hindistondan keltirilgan ruchkalarni tavsiya qildi...  Shu tariqa erinmay har bir maktab qurollarining narxlarini surishtirdik.

Yangilik — yomg‘irpo‘shli rukzaklar...

Panjaraga turnaqator qilib osib qo‘yilgan rukzaklar narxi 150 000 so‘mdan boshlanadi. Eslasangiz, cho‘ntaklari ko‘proq, telefonni quvvatlantiruvchi USB-portli rukzaklar o‘tgan yildan boshlab bozor rastalarida paydo bo‘lgan edi. Bu kabi rukzaklar bu yil 200 000 so‘mdan sotilmoqda. Xaridor narxi bir oz qimmatligidan norozi bo‘lganida, sotuvchi yangilik deya ushbu rukzaklarning ichida turgan  yomg‘irpo‘shini ko‘rsatadi. Uning aytishicha yomg‘ir yog‘ganda ichidagi yomg‘irpo‘sh rukzakka kiydirilsa, shalobbo bo‘lishdan asraydi. Bundan tashqari ushbu rukzakning o‘nga yaqin cho‘ntaklari, yashirin cho‘ntaklari bo‘lib, uni taqqanda ichki qismi massaj  vazifasini o‘taydigan shaklda ishlov berilgan.  Ana shu qulayliklarni ko‘rsatib, sotuvchi xaridorga rukzakning sifati uning narxiga mos ekanligini aytadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"
Maktab bozorida nima gaplar? Maxsus reportaj - Sputnik O‘zbekiston
Kanstovari v torgovom komplekse "Ilm Shu’lasi"

Ortiqcha bezaklarsiz bo‘lgan penallar esa 15 000 so‘mdan boshlanib,  qulfli, bezakli sumka-penallarni 45 000 so‘mdan sotib olishingiz mumkin. Bezak va suratlari o‘rtacha bo‘lgan penallarni 30 000 ga ham sotib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistonda 14-sentabrdan boshlab maktablar ochilishi, o‘qitish uchun “gibrid” ssenariysi tanlaganligini ma’lum qildi. Gibrid ssenariysi bo‘yicha istagan ota-ona o‘z farzandini o‘qishga yuborishi mumkin bo‘ladi. 

Yangiliklar lentasi
0