O‘zbekiston jamoasi ArMI-2020 da eng yaxshi qurolsozlardan biri bo‘ldi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovArxivnoe foto voyennoslujashix
Arxivnoe foto voyennoslujashix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Qurolsoz usta” xalqaro tanlov beshinchi marta o‘tkazildi. Bu yilgi musobaqalarda sakkizda jamoa ishtirok etdi.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Penza viloyatida o‘z nihoyasiga yetgan ArMI-2020 “Qurolsoz usta” tanlovining g‘oliblari Rossiya, O‘zbekiston va Armaniston jamoalari bo‘lishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Individualnaya gonka vtorix ekipajey na tankovom biatlone ArMI - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tankchilari “Tank biatloni”ning ikkinchi poygasida - translyatsiya yakunlandi

“Xalqaro armiya o‘yinlari-2020da Rossiya, O‘zbekiston va Armaniston jamoalari eng yaxshi qurolsoz deb tan olindi”, - deyilgan xabarda. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

G‘oliblarga kubok, medal va tuhfalarni tantanali ravishda Rossiya Mudofaa vazirligi raketa artilleriya bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Nikolay Parshin va Penza viloyati gubernatori Ivan Belozersev topshirdi.

“Qurolsoz usta” xalqaro tanlov beshinchi marta o‘tkazildi. Bu yilgi musobaqalarda sakkizta jamoa ishtirok etdi. Laos, Kambodja, Kongo va Abxaziya harbiylari ilk bor kuch sinashishdi. Shuningdek, musobaqalarda Rossiya, Armaniston, Eron va O‘zbekiston jamoalari o‘z mahoratlarini namoyon etishdi. Bahslar besh bosqichda bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0