Rossiyada bu yil qishda qattiq sovuq bo‘ladi - klimatolog

© Sputnik / Oleg Golod / Mediabankka o‘tishSnegopad v Moskve
Snegopad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik klimatologlar kelayotgan qish qattiq va sovuqqa boy bo‘lishini va birinchi sovuq ob-havo noyabr oyining boshlarida kelishi mumkinligini xabar qilishdi.

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Sinoptiklarning ta’kidlashicha, Rossiyada yaqinlashib kelayotgan qish katta ehtimollik bilan "qattiq" bo‘ladi, shu bilan birga kuz ham salqin bo‘ladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Klimatolog, geografiya fanlari nomzodi Yekaterina Pestrakovaning so‘zlariga ko‘ra, birinchi qattiq sovuqlar noyabr oyidayoq kelishi mumkin, shuning uchun rossiyaliklar javonlaridan issiq kiyimlarni ancha oldin olishlariga to‘g‘ri keladi.

"Qish qattiq bo‘lishining ehtimolligi deyarli 90%, chunki bu yilgi yoz issiq bo‘ldi", - dedi Pestrakova.

Ammo bunday prognozga qaramay, klimatologning qo‘shimcha qilishicha, garchi erta qattiq sovuqlar jiddiy bo‘lsa ham, butun qish davomida turishi amrimahol.

"Uzoq yomg‘irlarga qaraganda, havo ilishi ham bo‘ladi. Bizda odatda qishning boshlanishining o‘rtacha sanasi har doim 7-chi noyabrga to‘g‘ri keladi, lekin so‘nggi o‘n yillikda u kechroq boshlandi. Menimcha, bu yil, noyabrda, qish boshlanib bo‘ladi", - deya tahmin qiladi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab Gidrometeorologiya Markazi ham kelayotgan qishda kuchli sovuqlar bo‘lishi haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, kuzgi iliqlik faqat dastlabki bir necha kun davom etadi, undan keyin asta-sekin havo sovushi boshlanadi.

Avvalroq, gidrometeorologlar Rossiyadagi “babye leto” (hazonrezgi-tahr.) endi kelishini, ammo uning albatta sentabr oyining o‘rtalarida ro‘y bermasligini aytib berishdi.

Yangiliklar lentasi
0