TOSHKENT, 31 avg - Sputnik. 95 foiz hollarda onkologik kasalliklarning sababi surunkali yalligʻlanishdir, dedi jarroh-onkolog Ivan Karasev.
"Surunkali yalligʻlanishda hujayralar bir-biriga ustma-ust qatlamlanib qoladi. Keyin hujayra ichida buzilish vujudga kelib, oʻsimta paydo boʻladi", - dedi u.
Saratonni qoʻzgʻatadigan yana bir muhim omil - bu qizil goʻsht, kolbasa, dudlangan goʻsht va boshqa qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam isteʼmoli, deb eslatdi mutaxassis.
"Aniqlanishicha, ularni qayta ishlash paytida yoʻgʻon ichak devoriga taʼsir qiluvchi ikkilamchi safro kislotalari ajralib chiqadi", - deb Karasevning soʻzlaridan iqtibos keltiradi "MedikForum" portali.
Shifokor tushuntirishicha, bu kislotalar ichakning yalligʻlanishiga olib keladigan qoʻzgʻatuvchi sifatida chiqadi, natijada oʻsimta paydo boʻlish xavfi sezilarli darajada oshadi.