Qator xorijiy davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan qutladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi, Rossiya prezidenti, Xitoy Xalq Respublikasi raisi, AQSh prezidenti va qo‘shni davlat rahbarlari samimiy tilaklar bildirgan.

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29-yilligi munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ularda O‘zbekistonning davlat va jamiyat qurilishida erishgan muvaffaqiyatlari, mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta’minlash va aholi turmush darajasini oshirish, respublikaning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari e’tirof etilgan.

Maktublarda davlat rahbari va O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilib, xalqaro hamjamiyat oldida turgan umumiy global xatarlar tez fursatda yengib o‘tilishiga ishonch bildirilgan

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘z tabrigida dunyoni barcha uchun yanada tinch, adolatli va barqaror qilishga intilishda, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarda O‘zbekiston Respublikasining hissasi va ko‘magidan umidvor ekanini bayon etgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida rivojlanib borayotgani ta’kidlagan. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabalarni do‘st xalqlar farovonligi yo‘lida yanada rivojlantirishga ishonchi komilligini bildirgan.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin o‘z tabrigida keyingi yillar O‘zbekistonda  Mirziyoyev rahbarligida turli yo‘nalishlarda islohotlar amalga oshirilgani, davlat qurilishi sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishilganini qayd etgan. Xitoy yetakchisi koronavirus infeksiyasi tarqalganidan so‘ng O‘zbekiston ushbu epidemiyaga qarshi kurashishda jipslashgani va O‘zbekiston xalqi bunda albatta g‘alaba qozonishiga qat’iy ishonishini izhor etgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp o‘tgan yil ichida, hatto global xatarlarga qaramay, yanada chuqurlashgan keng miqyosli hamkorlikni yuqori baholashini ma’lum qilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda Afg‘oniston bilan hamkorlik va rishtalarni yaxshilash bo‘yicha Mirziyoyev tashabbusini olqishlashini ta’kidlagan.

Jumladan, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov butun O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, yangi zafarlar, qardosh o‘zbek xalqiga esa abadiy tinchlik, farovonlik va ravnaq tilashgan.

Quyida tabrik yo‘llaganlarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0