Yil boshidan buyon inflyatsiya necha foizni tashkil etdi

© AFP 2023 / Herbert Pfarrhofer / APAPokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii
Pokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,8 foizga ko‘tarildi.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yil avgust yakuniga ko‘ra yillik davrda tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 11,7 foizni tashkil etdi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan hisobotda keltirilgan.

“2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,8 foizga ko‘tarildi. Yillik davrda (2019 yilning avgustiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 11,7 foizni tashkil etdi”, - deyilgan hisobotda.

O‘rtacha oylik iste’mol narxlari indeksi o‘sishi hisoblash natijalariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar-avgust oylari davomida 0,6 foizni, 2019-yilning shu davrida esa 1,0 foizni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning yanvar-avgust oylarida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 8,2 foizga qimmatlashgan edi. Yillik darajada bu ko‘rsatgich 16,5 foizga oshgan.

Yangiliklar lentasi
0