Analitika

Ekspert Fargʻona vodiysidagi halqa temir yoʻli afzalliklari haqida

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZamestitel nachalnika gruppы realizatsii proyektov po elektrifikatsii i obnovleniya lokomotivnogo parka Chingiz Kudabekov
Zamestitel nachalnika gruppы realizatsii proyektov po elektrifikatsii i obnovleniya lokomotivnogo parka Chingiz Kudabekov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Lokomotiv parki elektrlashtirish va yangilash loyihalarini amalga oshirish guruhi boshligʻining oʻrinbosari Chingiz Kudabekov Fargʻona vodiysidagi halqa temir yoʻli afzalliklari haqida soʻz yuritdi.

Mintaqaning uch viloyatini – Andijon, Fargʻona, Namangan – halqa temir yoʻli bogʻladi.

Halqa yoʻlning umumiy uzunligi 331 kmni tashkil etadi. Toʻxtab turish bekatlari ekspress elektropoyezdda – 5 ta, elektropoyezdda – 35 ta. Ekspress elektropoyezdda yoʻlda sarflanadigan vaqt 5 soat 30 daqiqa, elektropoyezdda esa 7 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

Jitelyam Zolotoy dolinы zapustili koltsevuyu jeleznuyu dorogu - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Fargʻona vodiysida halqa temir yoʻli ishga tushdi

“Endi “A” punktdan “B” puntkga yuklarni yetkazib berish, yoʻlovchilarni tashish surʼati tezlashadi. Teplovozlarni elektrovozlarga almashtirish bizga mintaqadagi ekologik muhitni yaxshilash imkonini berdi. Eng yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan. Bu bizga barcha uchastkalarda tizimlarni yaxshilash va avtomatlashtirishga imkon berdi”, - dedi Kudabekov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida.

Loyiha 45 million dollarga baholangan va 2021 yilning birinchi choragida toʻliq ishga tushishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0