Lola Karimova otasini xotirladi

© FacebookLola Karimova-Tillayayeva
Lola Karimova-Tillayayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yilning 2-sentabrida insult oqibatida olamdan o‘tgan edi.

TOShKENT, 2 sen - Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva Instagramdagi sahifasida otasini xotiraladi.

Lola Karimova Instagramdagi sahifasida Samarqanddagi qadimgi masjid va birinchi prezident - otasi dafn etilgan maskan suratini ilova qilgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva)

"Atrofga taralayotgan tongning mayin zarrin nurida abadiylikni qalban his etadi inson. Bu foniy dunyoda hayot yo‘lini yakunlagan butun borliq mangulik bilan birlashib ketadi. Ushbu o‘zga, tiriklardan ajralgan olam bu dunyoning tashvish va fojealari, nafrat, quvonch yoki g‘azab kabi tuyg‘ulardan mustasno. Uni faqatgina sokinlik barcha so‘zlardan ham mukammal tasvirlashi mumkin. Ushbu o‘z transformatsiya yo‘limizni bosib o‘tish har birimizning peshanamizda borligi haqida ongli ravishda fikr yuritish inson uchun muhimdir. Axir energiya qonuni ham hayot tugamasligi, faqat o‘z shaklini o‘zgartirishi va abadiy bo‘lishini tasdiqlaydi. Otamning bolaligi o‘tgan shaharga ochilayotgan go‘zal manzara. Bu yorqin ranglar jilovidan butun vujuding bilan sokinlik va hotirjamlikni his qilasan. Otamning hayot yo‘llari, bugun ularning xotiralarini yodga oladigan insonlar uchun - ahamiyatli edi", - deya izoh qoldirgan surat tagida Lola Tillayeva.

Yangiliklar lentasi
0