Merkel AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarini noqonuniy deb hisoblaydi

Obuna bo‘lish
Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi va AQSh sanksiyalari noqonuniy deb hisoblaydi.

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi va AQSh sanksiyalari noqonuniy deb hisoblaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Shtralzund shahridagi chiqishi davomida ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan “Ostsee-Zeitung” gazetasi iqtibos keltirgan.

“Federal hukumat hamisha gaz quvuri qurilishi tarafdori bo‘lgan. Amerikaliklarning eksterritorial saksiyalarini noqonuniy deb hisoblaymiz”, - dedi kansler.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Yevropaning 24 ta davlati “Shimoliy oqim-2”ga qarshi AQSh sanksiyalariga e’tiroz bildirdi

AQSh “Shimoliy oqim-2” loyihasiga qarshi chiqmoqda, chunki Yevropaga o‘zining suyultirilgan tabiiy gazini zo‘rlab o‘tkazmoqchi. Iyul oxirida AQSh Senati “Shimoliy oqim-2” quvuriga qarshi qo‘shimcha cheklovchi choralarni ko‘zda tutuvchi yangi mudofaa budjetini tasdiqladi. Unga muvofiq amaldagi sanksiyalar quvurlarni yotqizish bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlarga va ular bilan bog‘liq sug‘urta kompaniyalariga nisbatan qo‘llaniladi. Bu Shveysariyaning Allseas kompaniyasining loyihada ishtirok etishdan bosh tortishga majburladi. Shundan so‘ng AQSh gaz quvurini qurishda yordam berganlik uchun kompaniyalarga bir necha marta tahdid qildi.

Avgust boshida amerikalik senator Ted Kruz va uning ikki hamkasbi Germaniyaning Zasnis shahridagi Sassnitz GmbH bandargohiga nisbatan sanksiya kiritish bilan tahdid qilgan edi. Maktubda bandargoh gaz quvurini yotqizishni davom ettirsa, “moliyaviy inqirozga” yuz tutishi mumkinligi yozilgan.

Yangiliklar lentasi
0