Oktyabrdan boshlab bir milliondan oshiq kontingent emlanadi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik delayet ukol
Meditsinskiy rabotnik delayet ukol - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston boʻyicha besh yuz mingdan ziyod oʻqituvchilar bepul emlanishi koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 2 sen - Sputnik. 2020 yilning 1 oktyabridan boshlab, Oʻzbekiston boʻyicha 516174 nafar oʻqituvchi emlanishi koʻzda tutilgan.

Proizvodstvo vaktsinы ot COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Toʻqqizta vaktsina: Oʻzbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qoʻshildi

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda oʻtkazilgan brifingda Toshkent shahar SEOM immunoprofilaktika boʻlimi mudirasi Vazira Mutalova maʼlum qildi.

Shuningdek, 223 426 nafar MTM xodimlari, 534 ming nafar tibbiyot xodimlari, jami — 1 million 273 600 nafar kontingent grippga qarshi emlanishi koʻzda tutilgan. Buning uchun 1,5 milliondan ortiq doza vaktsina kerak boʻlishi taʼkidlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekistonda barcha maktab oʻqituvchilari grippga qarshi bepul emlanishi haqida xabar berilgan edi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi har bir taʼlim muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash oʻtkazishni va tegishli sogʻliqni saqlash muassasalarini vaktsina va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash choralarini koʻradi.

Yangiliklar lentasi
0