Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Toshkentda “Lacetti” haydovchisi YPX xodimini urib yubordi

© GUVDV Tashkente voditel sbil sotrudnika DPS - foto
V Tashkente voditel sbil sotrudnika DPS - foto - Sputnik Oʻzbekiston
19 yoshli “Lacetti” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, avval toʻxtab turgan “Captiva” bilan toʻqnashadi. Keyin harakatni davom ettirib, YPX xodimini ham urib yuboradi.

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik. Poytaxtning Mirobod tumanida “Lacetti” haydovchi YPX xodimini urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yoʻl-transport hodisasi 1 sentyabr kuni soat taxminan 19:00 da tumandagi Shahrisabz koʻchasida sodir boʻlgan.

Maʼlum boʻlishicha, u yerda xizmat olib borayotgan YPX inspektori serjant S.U.  “Grand Mir” mehmonxonasi oldida 25 yoshli “Captiva” haydovchisi J.B. toʻxtatgan. Xodim haydovchining hujjatlarni tekshirib boʻlib, qaytarib bergan va transport vositasini aylanib oʻtib, yoʻl chetiga qarab yurgan.

© GUVDToshkentda “Lacetti” haydovchisi YPX xodimini urib yubordi
Toshkentda “Lacetti” haydovchisi YPX xodimini urib yubordi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda “Lacetti” haydovchisi YPX xodimini urib yubordi

Shu vaqtda “Lacetti”ni ishonchnoma asosida boshqarib ketayotgan 19 yoshli T.M. boshqaruvni yoʻqotib, toʻxtab turgan “Captiva” bilan toʻqnashgan. Keyin harakatni davom ettirib, YPX xodimini ham urib yuborgan.

YTH natijasida 30 yoshli Salim Umarov tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Toʻplangan materiallar qonuniy chora koʻrish uchun prokuratura organlariga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala