Hodisalar

Fargʻonada ayol oʻz chaqalogʻini 1,5 ming dollarga sotmoqchi boʻldi

© Sputnik / Lesya Polyakova / Fotobankka oʻtishNovorojdennыy malchik
Novorojdennыy malchik - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni damda ayol gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, u sodir etgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Fargʻonada 24 yoshli ayol oʻz chaqalogʻini 1 5 00 Aqsh dollariga sotmoqchi boʻlgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Jamiyat
Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan oʻzga xech kim, hech nima kerak emas edi

Ayol oʻz bolasi uchun xaridor bilan oʻrtada kelishilgan puldan 500 AQSH dollarni olayotgan vaqtda IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan.

Bundan tashqari uning yonidan yana kimyoviy ishlov berilgan pullar ham ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Hozirda holat yuzasidan JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala