Orzular ro‘yobga chiqishi uchun ularni kimlar bilan o‘rtoqlashish lozim

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar tadqiqot davomida odamlar mansabining ko‘tarilishini tahlil qilishdi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida tadqiqot o‘tkazildi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Ogayo Universiteti olimlari orzularni qanday amalga oshirish mumkinligini aniqladilar.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, inson orzularini o‘zidan mavqeyi baland kishilarga hikoya qilib bersa, ular ushalar ekan.

Letniy otdix v Sochi. - Sputnik O‘zbekiston
Qandli diabet paydo bo‘lishining asosiy sababi aniqlandi

“Sxema juda oddiy ishlaydi: agar rejalaringizni siz maftun bo‘lgan kishi eshitsa, siz orzuingiz ushalishi uchun ko‘proq sa’y-harakat qilasiz”, - deyilgan xabarda.

Olimlar tadqiqot davomida odamlar mansabining ko‘tarilishini tahlil qilishdi va maqsadga erishish inson o‘z rejalari bilan o‘zidan mavqeyi yuqori kishi bilan o‘rtoqlashishiga bog‘liqligini aniqlashdi.

Yana boshqa bir eksperement talabalar o‘rtasida o‘tkazildi: semestr davomida ular muayan baho olishlari kerak edi. Natijada o‘z maqsadlarini hurmatli kishilar bilan o‘rtoqlashganlar buning uddasidan chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0