Hodisalar

Samarqandda taksichilar oʻrtasidagi janjal bir kishining oʻlimi bilan tugadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTaksi
Taksi - Sputnik Oʻzbekiston
Tibbiy maʼlumotnomaga koʻra, taksist yopiq bosh miya jarohati, burun suyagining sinishi, bosh yumshoq toʻqimalari ostiga qon quyilishi, bosh miya pardalari ostiga va toʻqimasiga qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi, chap koʻz oqish pardasiga qon quyilishi oqibatida vafot etgan

TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. Samarqandda taksichilar oʻrtasida yuz bergan janjal bir kishining oʻlimi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Draka - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Ajal oʻyini: Surxondaryoda voyaga yetmagan bolani tengdoshi tepib oʻldirdi

Hodisa Oqdaryo tumanida roʻy bergan. Ikki yosh mahalliy taksi haydovchilari oʻrtasida yoʻlovchi tashish masalasida janjal kelib chiqqan va ular bir-birlarini nojoʻya soʻzlar bilan haqoratlaganlar.

Taksichilardan biri - O.S. nizoni hal qilish maqsadida, shu kuni kechqurun ikkinchi haydovchi - SH.T. yashaydigan uyga kelib, "razbor" davomida ikkisi yakkama-yakka urushishga kelishishgan.

Tumanning "Uklon" qishlogʻida joylashgan 36-sonli oʻrta taʼlim maktabi futbol maydonida O.S oʻzini haqorat qilganligini roʻkach qilib, SH.T.ning yuziga musht tushirib, tanasining turli joylariga oyoqlari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada SH.T. hushidan ketib yiqilgan,  O.S. esa hodisa joyidan ketib qolgan.

Okazaniye pervoy pomoщi  - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qarzni bermaslik uchun urib oʻldirdi: Jizzaxdagi qotillik tafsilotlari

Hodisa joyida yana uch kishi boʻlgan. Ular SH.T.ni hushiga keltirishga urinishgan, ammo natija boʻlavermagach, yoʻlda ketayotgan mashinani toʻxtatib, jabrdiydani tez yordam boʻlimiga olib borishgan. Shifokorlar urinishiga qaramasdan SH.T. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

RSTEIAM Samarqand filiali tibbiy maʼlumotnomasiga koʻra, SH.T.ning tanasida yopiq bosh miya jarohati, burun suyagining sinishi, bosh yumshoq toʻqimalari ostiga qon quyilishi, bosh miya pardalari ostiga va toʻqimasiga qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi, chap koʻz oqish pardasiga qon quyilishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan O.S., ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (jabrlanuvchining oʻlimiga olib kelgan, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyati ishi boʻyicha O.S., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala