Jamiyat

Sentyabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga bemorlanish boshlanishi mumkin - Boronov

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishLecheniye bolnыx s COVID-19 v TSKB "RJD-Meditsina"
Lecheniye bolnыx s COVID-19 v TSKB RJD-Meditsina - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh vazir soʻzlariga koʻra, kafe va restoranlar egalari, jarimalarni toʻlab, qoidabuzarliklar bilan ishlashda davom etishmoqda. Bu esa fuqarolarning ommaviy infektsiyalanishiga olib kelishi mumkin.

TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Qirgʻizistonliklarning oʻz sogʻligʻiga yuzaki munosabati tufayli mamlakatda sentyabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga kasallanish holatlari yana boshlanishi mumkin, dedi Qirgʻiziston bosh vaziri Kubatbek Boronov respublika shtabi kengashida.

Pervaya v mire vaktsina ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Tetik, sogʻlom va faol: Rossiyaning koronavirus vaktsinasi keksalarda sinovdan oʻtdi

"Mutaxassislar prognozlari boʻyicha, noyabrda COVID-19 epidemiyasi ikkinchi toʻlqini yuzaga kelishi mumkin. Aholimizning oʻz salomatligiga nisbatan bunday munosabati bilan ommaviy kasallanish holati sentyabr oxiriga kelib boshlanishi mumkin. Bu koʻpincha, jamoat transportida sanitariya-epidemiologiya normalariga amal qilinmayotgani, kafe va restoranlar esa tashrif buyuruvchilarga toʻlaligi bilan izohlanadi. Fuqarolar tantanalar va dafn marosimlarini oʻtkazishni boshlaganlar. Kafe va restoranlar egalari 3 ming som jarima toʻlab, katta mamnuniyat bilan mehmonlarni kutib olishda davom etishmoqda. Hammamiz tushunamiz, restoran biznesi zarar koʻrmoqda, ammo ommaviy infektsiyalanish holatlari takrorlanishiga yoʻl qoʻya olmaymiz", - deb aytgan Boronov.

Qirgʻiziston Bosh vaziri tantanali tadbirlar va dafn marosimlarini kafelarda va restoranlarda oʻtkazganlik uchun jazo choralarini kuchaytirishni, shuningdek, odamlar koʻp toʻplanadigan joylar va transportda reydlarni kuchaytirishni taklif etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala