Bloger sevgan qizi choʻmilayotgan vannaga boʻyoq qoʻshib yubordi, bu hazil koʻpchilikka yoqmadi

CC0 / Unsplash/ bruce mars / Devushka prinimayet vannu
Devushka prinimayet vannu - Sputnik Oʻzbekiston
Qiz vanna qabul qilishni boshlagan va bir necha daqiqadan soʻng bloger uning qiyqiriqlarini eshitadi. Shundan soʻng u vannadan sochiq oʻrangan holatda chiqadi va maʼlum boʻladiki, ayolning qoʻl va oyoqlari toʻliq koʻkish rangga kirgan edi.

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. YouTube-bloger Kristen Xenbi oʻz sevgan qizi Djesmin bilan hazillashish maqsadida u choʻmilmoqchi boʻlgan vaqtda suv toʻla vannaga matolar uchun moʻljallangan boʻyoqni aralashtirib yubordi. Blogerning ushbu harakati aks etgan prank internet foydalanuvchilarning aksariyatini qattiq gʻazablantirdi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

S mujem shutki ploxi: jenix jestoko prouchil nevestu na svadbe - video - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Qaltis hazil: toʻyda kelin kuyovning gʻazabini keltirdi - video

Bloger videoni Instagramda eʼlon qilgan.

Qiz vanna qabul qilishni boshlagach, oradan bir necha daqiqa oʻtib, uning qattiq qichqirigʻi blogergacha yetib keladi. Shundan soʻng tezda qiz u vannadan sochiq oʻrangan holatda chiqib keladi, uning qoʻl va oyoqlari toʻliq koʻkish rangga kirgan edi.

Xenbi qizning ustidan kulib, uni "dunyodagi eng badjahl smurf", deya ataydi.

Foydalanuvchilardan biri ushbu videoni Twitterda boʻlishadi va prankerning bu qiligʻini kulgili deb bilmasligini maʼlum qiladi. Bu fikrni koʻpchilik qoʻllab-quvvatlagan.

XIX Vsemirnыy festival molodeji i studentov. Diskussionnaya programma - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"41-razmer krossovka": DBQ bloger Ilya Varlamov videosi boʻyicha munosabat bildirdi

"Bu ahmoqona hazil qizni oʻldirishi mumkin edi. Mato uchun moʻljallangan boʻyoq inson jinsiy aʼzolari, koʻzi yoki ogʻziga kirishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Bu oʻta xavfli. Qiz darhol shifokorga murojaat qilmogʻi lozim, chunki bu uning sogʻligʻiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin", - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Ayrimlar Xenbini qiz bolaga nisbatan oddiy hurmat yoʻqligida ayblagan.

"Qiz unga nima qildi? Bunday narsalar odatda oʻch olish maqsadida amalga oshiriladi, bunday hazillarni hech kim shunchaki qilmaydi", - deya qiziqsinashgan izoh qoldiruvchilar.

Ammo pranker yonini olganlar ham topilgan.

"Oʻylaymanki, shu videoni qoralayotgan qizlarning aksariyati agar yigit shu koʻyga tushganida mazza qilib kulgan boʻlardi", - deb yozgan internet foydalanuvchilardan biri.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala