Analitika

"Novichok" "Shimoliy oqim — 2" taqdirini hal eta oladimi?

© Nord Stream 2 / Fotobankka oʻtishSudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude
Sudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude - Sputnik Oʻzbekiston
"Sharite" klinikasi topshirigʻiga koʻra, Aleksey Navalniy analizlarida toksikologik tadqiqot oʻtkazgan Bundesver laboratoriyasi "Novichok" guruhiga mansub zaharlovchi moddalar qoʻllanilganini aniqladi. GFR hukumatining bu haqdagi bayonotidan koʻpchilik sukut saqlagancha quvondi

Berlin baribir Rossiyani hayratlantira oldi. Nafaqat uni.

Vizit predsedatelya pravitelstva RF M. Mishustina v Minsk - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Lukashenko Navalniyni nima uchun "zaharlashganini" aytib berdi - video

GFR hukumatining "Sharite" klinikasi topshirigʻiga koʻra, Aleksey Navalnыy analizlarida toksikologik tadqiqot oʻtkazgan Bundesver laboratoriyasi "Novichok" guruhiga mansub zaharlovchi moddalar qoʻllanilganini aniqlagani haqidagi bayonoti koʻpchilikni ich-ichidan zavqlantirdi, deyiladi RIA Novosti materialida.

Qaysi tomondan olib qaramang, zamonaviy tarixda buyuk derjava oʻz yolgʻoni yoʻlida afsona uchun oʻylab topilgan operatsiyadan bu qadar ochiq foydalanayotgani ilk bor roʻy bermoqda.

Oxirgi oʻn yilliklardagi jahon siyosati toʻgʻridan-toʻgʻri yolgʻon - davlatlarga yarashmaydigan, xunuk ish ekanligi haqidagi tasavvurlarni barbod etdi. Davlatlar hiyla ishlatishi, oʻzini tortishi, hatto sermaʼno ritorik konstruktsiyalardan foydalanishlari mumkin, faqat ochiq yolgʻon ishlatib boʻlmas edi. Biroq bu ularga zarur boʻlsa yoki ular manfaatiga xizmat qilsa - bunday usuldan voz kechishmasligi ayon boʻldi.

Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Aleksey Navalnыy "Novichok" bilan zaharlangan - nemis shifokorlari

Har neki boʻlmasin, oʻyin qoidalari yolgʻon bir muncha ishonarli koʻrinishga ega boʻlishini talab etardi - mutaxassislar uchun boʻlmasa ham, hech boʻlmaganda jamoatchilik uchun. Aynan shu bois Kolin Pauel probirkasi bilan bogʻliq voqea xrestomatiyaga aylandi: AQSH Davlat kotibi Saddam Husaynda "biologik qurol ishlab chiqarish boʻyicha relsga qoʻyilgan gʻildirakli" zavodlar borligi haqida gapirdi va oʻz soʻzlari dalili sifatida odamlarga koʻrsin uchun allaqanday oq kukun solingan shishachani silkitgan edi, - va dunyo unga ishondi.

Skripallarning zaharlanishi chetdan kuzatuvchilar uchun mutlaq taʼsirga ega shouga aylandi. Mutaxassislar britaniyaliklar taqdim etgan versiyalardagi ziddiyatlarga ishora qilish bilan ovora boʻlgan bir vaqtda, keng omma skafandr kiygan kriminalistlar, qurshab olingan shahar hududlari, buzilayotgan uylar va kasalxonalarga tushgan odamlarni tomosha qildi. Gollivuddagi oʻnlab katastrofa-filmlarni tomosha qilgan odamlar uchun Yevropa markazidagi kimyoviy hujum kartinasi juda ishonarli koʻrindi.

Britanskiye politseyskiye vedut rassledovaniye na meste otravleniya Sergeya i Yulii Skripaley, Solsberi, 13 marta 2018 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
London Kremlning Skripal ishiga aloqadorligiga oid hech qanday dalil yoʻqligini tan oldi

Endi esa sahnaga Germaniya chiqdi va Navalnыy zaharlanishining shunday bir versiyasini taqdim etmoqdaki, kimyo, tibbiyot va kriminalistika sohasiga zarracha aloqasi boʻlmagan eng sodda va ishonuvchan odam ham toʻliq ishonch bilan "Ishonmayman!", deya oladi.

Nemislar tomonidan ilgari surilgan afsonada nima koʻproq hayratga solishini aytish qiyin: superhalokatli jangovar zaharlovchi modda goʻyoki Rossiya hukumati xush koʻrmagan odamlarni yoʻq qilishda qoʻllanilishi va har safar bu muvaffaqiyatsiz yakunlanishi, ammo u qatʼiyatlik bilan ishlatilishda davom etayotgani; yoki Solsberining yarmini yoʻq qilib yuborishga qodir boʻlgan "Novichok" Navalnыyga qarshi samolyotda ishlatilgani — va bu yoʻlovchilar, vrachlar va u bilan aloqada boʻlgan boshqa odamlarga hech qanday xavf tugʻdirmagani; yoki Rossiya blogerni chet elga davolanishi uchun yuborgani - bu ehtimol, jangovar zaharlovchi modda aniqlanganida, oʻzini navbatdagi xalqaro mojaroga dalillar bilan tutib berish uchun zarur boʻlgan.

Aleksey Navalnыy - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Aleksey Navalnыy "Novichok" bilan zaharlangan - nemis shifokorlari

Professionallar ham jim turgani yoʻq. Ular zaharlanishning klinik kartinasi butunlay boshqachaligi, "Novichok" oilasi" umuman mavjud emasligi, Berlin esa hamkorlik qilish va maʼlumot taqdim etishdan oʻjarlik bilan bosh tortayotganini aytishmoqda. Agar bosh tortmaganda, ular taqdim etgan maʼlumotlarni tekshirishga imkon boʻlardi.

Xullas, GFR barcha uchun ayon boʻlgan yolgʻonni aytdi, va hatto unga rost koʻrinish berish uchun oʻzini hatto qiynamadi.

Bu juda muhim bir savolni tugʻdiradi: nega aynan shunday qilindi? Axir nozikroq harakat qilish mumkin edi-ku.

Yuzada juda oddiy javob qalqib turibdi: yangi sanktsiyalar yaqinlashmoqda.

Rossiya unga qarshi yangi cheklov choralarini qabul qilish uchun uni hatto surishtirmasdan eng dahshatli jinoyatlarda ayblashayotganiga koʻnikdi. Ammo bu choralar koʻpincha "kosmetik" xarakterga egaligi ham odatiy hol boʻlib qolgan.

Neformalnыy ujin glav gosudarstv i pravitelstv YES - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Merkel AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarini noqonuniy deb hisoblaydi

Ammo, ehtimolki, hozirgi voqea istisno boʻladi, negaki Germaniyaning "Rossiyani jazolash - "Shimoliy oqim - 2 yopilishi"ni anglatuvchi ogʻriqli muammosi mavjud. Navalnыy "tashxisi" eʼlon qilinishi bilanoq bu mavzu amerikalik va ayrim nemis siyosatchilari tomonidan tilga olingan edi.

Bundan tashqari, yuz berayotgan voqealar Shtatlar oʻz maqsadiga erishgani va german hukumatini gazoʻtkazgich qurilishini rad etishga majbur etganiga ham shama qilishi mumkin. Shu tufayli "Novichok — 2" operatsiyasi namoyishkorona dagʻallik bilan amalga oshirilmoqda, toki gap blogerning zaharlanishida emas, balki Vashingtonning katta geosiyosiy gʻalabasida ekanligini barcha bilib qoʻysin.

Ammo Berlin negadir hozirgacha Navalnыy ishi va "Shimoliy oqim - 2" qurilishini ajratib kelishini taʼkidlamoqda. Bu qarashlarni xavfsizlik boʻyicha Myunxen anjumani rahbari va Bavariya bosh vaziri ham qoʻllab quvvatladi.

“Shimoliy oqim 2” tufayli Yevropa ittifoqi AQShga demarsh bildirdi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQShga demarsh: Yevropa “Shimoliy oqim-2” tufayli norozilik bildirdi

Bundan kelib chiqadiki, bundesver kimyogarlari tomonidan bayon etilgan fantastik natija "Shimoliy oqim - 2"ning hal etilgan taqdirini emas, balki millatparast va amerikaparast german elitasi oʻrtasidagi ichki kurashni aks ettiradi. Aytgancha, AQSH bilan NATO tuzilmalari orqali chambarchas bogʻlangan nemis harbiylari koʻproq ikkinchisiga taalluqli boʻlsa kerak.

Soʻnggi yuz bergan vokealarning betizgin ahmoqgarchiligi esa Germaniya suvereniteti uchun kurash olib borayotgan va uning okean ortidan turib beriladigan koʻrsatmalarsiz ham oʻz taqdirini hal eta olishi uchun kurash olib borayotgan kuchlarga qoʻl kelmoqda.

Ichki dushmanlarga qarshi qoʻyishga boshqa hech narsa yoʻq ekan, tashabbusni qoʻlga olib - jarayonni istalgan natijaga olib kelish lozim. Bu ularning qoʻlidan keladimi - yaqin kelajakda ayon boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala