"Afrosiyob" mehmonxonasi yana savdoga chiqarildi

© YouTubeGostinitsa "Afrosiab Palas"
Gostinitsa Afrosiab Palas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqanddagi "Afrosiyob Palas" mehmonxonasi 1985-yilda qurilgan. Mehmonxona binosi va hududi shahar markazida 1,8 gektar maydonni egallaydi.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Samarqand shahrining markazida joylashgan eng katta mehmonxona - "Afrosiyob Palas" yana savdoga chiqarildi. E-auksion saytida mehmonxona 5,47 milliard so‘m narxda savdoga chiqarilgan. Arizalar qabul qilish 5-sentabrda boshlanib 3-oktabrda tugaydi.

Autsion xabarida aytilishiga ko‘ra, investorga quyidagi talablar qo‘yilgan: 

  • eng kam investitsiya miqdori - 12 mln. dollar 
  • eng kam ish o‘rinlari soni - 100 kishi 
  • 4 yulduzli mehmonxona 2021-yil oxiriga qadar qurib bitkazilishi kerak
  • mehmonxonada 280ta nomer va 1ta prezident nomeri bo‘lishi kerak
  • mehmonxona hududi va parkovkasi shahar arxitekturasiga muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak
  • mehmonxonaning mavjud qarzlarini to‘lash kerak 

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Afrosiyob mehmonxonasi Singapurning Exim Investments Ple LTD. kompaniyasiga xuddi ushbu shartlarda sotilgani xabar qilingan edi.  

 

Yangiliklar lentasi
0