O‘zbekistonda qo‘sh familiyalikka ruxsat berildi

© Sputnik / AlexTikhomirovSvadebnie kolsa
Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelin-kuyovlar o‘z familiyalarini birgalikda ishlatishni istasa - bundan buyon ular qo‘sh familiya olishi mumkin.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Bundan buyon O‘zbekistonda qo‘sh familiyalikka ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda Davlat xizmatlari agentligi. 

"Endilikda nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat etiladi. Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova bo‘lsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova bo‘lishi mumkin", - deyilgan xabarda.  

Ma’lumot uchun, Yevropa jamiyatida, qo‘sh familiya olish holatlari ko‘pincha ikki mashhur oila vakillari nikoh qurganda sodir bo‘ladi. Chunki har ikkala oila ham o‘ziga yarasha mashhur va o‘ziga yarasha hurmatga ega bo‘lgani tufayli, ularning vakillari o‘z oilasi erishgan ushbu "obro‘y"ni yo‘qotishni yoki almashtirishga rozi bo‘lmaydilar.  

Rossiyada ham qo‘sh famiyali olish holatlari uchrab turadi. Biz bilgan taniqli shoir, yozuvchi va kompozitorlar orasida quyidagilar bor: Saltikov-Shedrin, Lebedev-Kumach, Nemirovich-Danchenko, Mikluxo-Maklay (sayohatchi), Rimskiy-Korsakov va boshqalar.

Yangiliklar lentasi
0