Toshkent viloyatida marixuana qovurayotgan shaxslar ushlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMeropriyatie po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv
Meropriyatie po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishicha, fuqarolar Toshkent viloyatida sentabr boshida Olmaliq shahrida IIO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida qo‘lga olingan.

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Toshkent viloyatida marixuana qovurayotgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Rabota ekspertno-kriminalisticheskogo sentra  - Sputnik O‘zbekiston
O‘rikdagi nasha: xatirchilik otaxon narkotik yashirish bo‘yicha antiqa usulni qo‘lladi

Xabarda aytilishicha, fuqarolar Toshkent viloyatida sentabr boshida Olmaliq shahrida IIO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida qo‘lga olingan.

25 yoshli B.U. o‘z dala-hovlisida 675 gramm "marixuana"ni sherigi - 34 yoshli X.A. bilan birgalikda qozonda qovurayotganida qo‘lga tushgan. Bundan tashqari qozon oldidan 1,2 kilodan ziyod "marixuana" giyohvandlik vositasi topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi "a" bandi (Giyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

B.U. va X.A., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0