Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Fargʻonada ayanchli YTH: ikki kishi KamAZ ostida halok boʻldi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Ferganskoy oblasti stolknulis “Spark” i KamAZ: pogibli dvoye
V Ferganskoy oblasti stolknulis “Spark” i KamAZ: pogibli dvoye - Sputnik Oʻzbekiston
Oltiariq tumanida 29 yoshli “Spark” haydovchisi S.F. yoʻlda uxlab qolib, KamaAZ yuk mashinasi tagiga kirib ketgan.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Fargʻona viloyatidagi yoʻl-transport hodisasida ikki kishi qurbon boʻldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 6 sentyabr kuni Oltiariq tumani, Hamza MFY hududidan oʻtgan 4R-148B avtomobil yoʻlining 5-kilometrida sodir boʻlgan. 29 yoshli “Spark” haydovchisi S.F. yoʻlda uxlab qolib, qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketgan. Natijada qarshisidan kelayotgan “KamAZ-53212” rusumli yuk avtomobili bilan toʻqnashgan.

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaFargʻonada ayanchli YTH: ikki kishi KamAZ ostida halok boʻldi
Fargʻonada ayanchli YTH: ikki kishi KamAZ ostida halok boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
Fargʻonada ayanchli YTH: ikki kishi KamAZ ostida halok boʻldi

YTH oqibatida 29 yoshli “Spark” haydovchisi S.F. va yoʻlovchisi A.N.lar ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala