Sport

Niqob taqmagan Ronalduga tanbeh berildi – uning munosabati

Portugaliya-Xorvatiya oʻyinida karantin qoidalariga zid ravishda niqobsiz oʻtirgan Krishtianu Ronaldudan niqob taqish soʻraldi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Futbol boʻyicha UYEFA Millatlar Ligasining 1-turidan oʻrin olgan oʻyinda Portugaliya terma jamoasi oʻz maydonida Xorvatiyani qabul qildi va va 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Shu kuni oʻng oyoq barmogʻida infektsiya borligi sabab maydonga tusha olmagan Krishtianu Ronaldu oʻyinni tribunada oʻtirib kuzatib bordi. 35 yoshli Portugaliya terma jamoasi sardori karantin qoidalariga zid ravishda niqobsiz oʻtirgan paytda tashkilotchilardan biri kelib uni ogohlantirdi.

​Futbolchi shundan soʻng niqobini taqib olib, oʻyinni kuzatishda davom etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala