Jamiyat

SSV: koronavirus bemorlarining 366 nafari ogʻir, 198 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik vozle krovati patsiyenta
Meditsinskiy rabotnik vozle krovati patsiyenta - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 345 nafarga yetdi. Bemorlarning 94 foizi kasallikni yengishga muvaffaq boʻldi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan tun davomida yana 106 kishida koronavirus aniqlandi. Bemorlarning umumiy soni 43 478 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 100 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Lecheniye bolnыx s COVID-19 v TSKB RJD-Meditsina - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sentyabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga bemorlanish boshlanishi mumkin - Boronov

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli S.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 54 yoshli T.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 345 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 40 880 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 2 251 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 366 nafari ogʻir, 198 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala