Dunyoda

Shoygu: barcha T-72 tanklari modernizatsiya qilinadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishTank T-72 komandы Uzbekistana vo vremya sorevnovaniy tankovыx ekipajey v ramkax konkursa "Tankovыy biatlon-2020" na poligone "Alabino" na VI Armeyskix mejdunarodnыx igrax "ArMI-2020"
Tank T-72 komandы Uzbekistana vo vremya sorevnovaniy tankovыx ekipajey v ramkax konkursa Tankovыy biatlon-2020 na poligone Alabino na VI Armeyskix mejdunarodnыx igrax ArMI-2020 - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning soʻzlariga koʻra, ArMI-2020 bu qarorni qabul qilishga jiddiy turtki bergan.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining barcha T-72 tanklari T-72B3M modifikatsiyasigacha modernizatsiya qilinadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ArMI-2020 musobaqalari yakunlangan soʻng jurnalistlarga maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻyinlar bu qarorni qabul qilishga jiddiy turtki bergan.

Tyajelыy bombardirovщik-raketonosets Tu-160 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Amerika jurnali Rossiyaning eng xavfli jangovar samolyotini aytdi

Rossiya mudofaa vaziri bir necha yil ilgari Xalqaro Armiya oʻyinlarining birinchi musobaqalarida T-72B1 modifikatsiyalari ishtirok etganini taʼkidlagan. Ular yakuniga koʻra mutaxassislar ushbu jangovar mashinalarning jangovar samadorligi va mustahkamligini sezilarli oshirishga imkon bergan qator texnik tavsiyalar bergan.

“Natijada oʻz xususiyatlariga koʻra qolishmaydigan, balki baʼzi joylari bilan zamonaviy xorij tanklaridan ustun boʻlgan T-72B3M modifikatsiya paydo boʻlgan.  Mudofaa vazirligi rejalarida qurollanishda boʻlgan barcha T-72 tanklarini shu modifikatsiyaga qadar modernizatsiya qilish”, - dedi u.

Shoygu T-72B3 tanklarida amalga oshirilgan texnik tavsiyalar ularning harakatchanlik, mustahkamlik va ergonomikasini oshirishga imkon berganini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala