Migratsiya

Sobyanin: Moskvada migrantlar oʻrtasida mehnat bozori qulashi kuzatilmadi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishMer Moskvы S. Sobyanin osmotrel xod rekonstruktsii GES-2
Mer Moskvы S. Sobyanin osmotrel xod rekonstruktsii GES-2 - Sputnik Oʻzbekiston
Shuningdek, Moskva meri oʻzini oʻzi yakkalash davrida migrantlar oʻrtasida jinoyatchilik oʻsishi qayd etilmaganini qayd etdi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Moskva meri Sergey Sobyanin pandemiya va joriy etilgan cheklovlarning poytaxt iqtisodiyotiga taʼsirini baholadi.

Xususan, shahar meri migrantlar oʻrtasida mehnat bozori u qadar qulamaganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, bahor oyida qurilishlarning toʻxtab qolishi qisqa muddat davom etgan.

Shuningdek, Sobyanin oʻzini oʻzi yakkalash davrida migrantlar oʻrtasida jinoyatchilik oʻsishi qayd etilmaganini qayd etdi.

Zamestitel predsedatelya Sovbeza RF D. Medvedev dal intervyu ID Komsomolskaya pravda - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Medvedev Rossiyadagi migrantlar bilan bogʻliq vaziyatga baho berdi

“Bizda bunday muammo boʻlgani yoʻq, bu hoynahoy ijtimoiy tarmoqlardagi hozir hammasi qulaydi, va migrantlar talon-taroj, oʻldirishga yugurishadi degan hayajon va muhokamalar edi”, - dedi u NTV telekanaliga bergan intervyuda.

Mer karantin vaqtida jinoyatchilik aksincha 40 foizgacha tushib ketganini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, qotillik, bosqinchilik, xonadonlarni tunab ketish va mashinalarni oʻgʻirlab ketish jinoyatlari kamroq sodir etilgan. Faqat firibgarlik sohasidagi jinoyatlar avj olgan.

Sobyanin kelayotgan 2020-2021 yil mavsumida Moskvada hech qanday karantin choralari kiritilmasligiga umid bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Moskvada, xususan, oʻzini oʻzi yakkalash, ruxsatnoma rejimi 9 iyundan bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala