Hodisalar

Qibrayda uyida kannabis yetishtirayotgan muqaddam sudlangan pensioner qoʻlga olindi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Fotobankka oʻtishIzʼyatiye marixuanы
Izʼyatiye marixuanы - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgari giyohvandlik moddalari yetishtirish uchun 11 yil qamalib chiqqan 70 yoshli fuqaroning uyidan 6 kg marixuana va 26 tup kannabis musodara qilindi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Toshkent viloyati Qibray tumanida dala hovlisida koʻp miqdorda kannabis oʻsimligi yetishtirib, uyida marixuana saqlab kelayotgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu tadbir IIBB JQB Uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlinmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan.

Meropriyatiye po unichtojeniyu narkoticheskix sredstv  - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkent viloyatida marixuana qovurayotgan shaxslar ushlandi

Taʼkidlanishicha, 2011 yil­da taqiqlangan ekinlar, yaʼni, giyohvandlik moddalari yetishtirish va oʻtkazish bilan shugʻullangani uchun 11 yilga ozodlikdan mahrum qilinib, bugungi kunda ozodlikda boʻlgan 70 yoshli nafaqaxoʻr B.D. dala hovlisidagi issiqxonasida jami 26 tup kannabis (tarkibida giyohvand moddasi boʻlgan) oʻsimligini parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, uning xonadonida 6 kg marixuana giyohvandlik moddasi saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi hamda 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala