O‘zbekiston fuqarolari Yoqutistonga ishga jalb etiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishStroitelstvo jilix domov
Stroitelstvo jilix domov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoqutiston Tashqi aloqalar va xalq ishlari vaziri koronavirus pandemiyasi davrida qurilish ishlari, ishlab chiqarish va boshqa ko‘plab sohalarda ishchi kuchlari yetishmayotgani va ularga bo‘lgan talab yuqoriligini aytdi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari Yoqutistonga ishga jalb etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Saxa Respublikasining (Yoqutiston) vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Ocherednaya gruppa uzbekistansev otpravilis na zarabotki v Rossiyu - Sputnik O‘zbekiston
Yana 287 nafar o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga jo‘nab ketdi

Uchrashuvda ishtirokchilarga O‘zbekiston hukumati tomonidan xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarni ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xorijiy ish beruvchilar talabidan kelib chiqqan holda fuqarolarning malakasini oshirish uchun kasb-hunarga o‘qitish markazlari, maxsus kurslar va monomarkazlar tashkil etilayotganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yoqutiston Tashqi aloqalar va xalq ishlari vaziri G.Kirillin koronavirus pandemiyasi davrida Yoqutistonda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ishlab chiqarish va boshqa ko‘plab sohalarda ishchi kuchlari yetishmayotgani va ularga bo‘lgan talab yuqoriligi haqida so‘z yuritib, O‘zbekiston bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Bosh konsulxona tadbir ishtirokchilariga koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga charter reyslar orqali olib kelish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shuningdek, ish beruvchilarning imkoniyatlari, mehnat migrantlariga yaratib beriladigan sharoitlar, ularga qo‘yiladigan talablar va ish haqi miqdori kabi masalalar atroflicha muhokama etildi.

Yangiliklar lentasi
0