Aleksey Navalniy komadan chiqarildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishAleksey Navalniy
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
19 kun tibbiy komada bo‘lgan Aleksey Navalniy komadan chiqarildi. Uning ahvoli yaxshilangan va u inson nutqini sezishni boshlagan.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. 19 kun tibbiy komada bo‘lgan Aleksey Navalniy komadan chiqarildi va sun’iy nafas berish qurilmasidan uzib qo‘yildi. Bu haqda Berlinning “Sharite” klinikasi xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Navalniyning ahvoli yaxshilangan va u inson nutqini sezishni boshlagan.

“Uning og‘ir zaharlashining ehtimoliy uzoq muddatli oqibatlarini baholashga hali juda erta”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Germaniya TIV rahbarining so‘zlariga javob qaytardi

Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni Tomsk-Moskva reysi vaqtida Aleksey Navalniyning sog‘lig‘i yomonlashgan. Samolyot shoshilinch Omskda qo‘ndiriladi, shundan so‘ng bloger zudlikda kasalxonaga yotqiziladi.

Omsklik shifokorlar Navalniyga moddalar almashinuvi buzilishi tashxisini qo‘yadilar. Oradan ikki kun o‘tib, bloger rafiqasi  qaroriga ko‘ra Germaniyaning "Sharite" klinikasiga olib ketiladi va nemis vrachlari bemor ingibit xolinesteraz guruhidagi moddalar bilan zaharlanganini "aniqlaydilar".

"Bu urush": Berlin va Varshavaning Navalniy bo‘yicha qiziq suhbati e’lon qilindi

Shundan so‘ng Germaniya hukumati, bundesver maxsus laboratoriyalariga tayangan holda, Navalniy qonida "Novichok" guruhidagi asabni falaj qilishni keltirib chiqaruvchi modda qoldiqlari topilgani haqida e’lon qiladi.

Moskva Berlinga Navalniy ishiga oid so‘rov yuborgan.

Yangiliklar lentasi
0