Jamiyat

ArMI-2020: Oʻzbekiston umumjamoa hisobida nechanchi oʻrinni egalladi

© Sputnik / Aleksey StefanovBolelщiki raduyutsya pobede sbornoy Uzbekistana v konkurse "Tankovыy biatlon"
Bolelщiki raduyutsya pobede sbornoy Uzbekistana v konkurse Tankovыy biatlon - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro armiya oʻyinlari 23 avgustdan 5 sentyabrga qadar boʻlib oʻtdi. Bu yil ular oltinchi marta oʻtkazildi. Oʻzbekiston ushbu musobaqalarda 3-marta ishtirok etdi.

TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Oʻzbekiston jamoasi Xalqaro armiya oʻyinlarida umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egallab, yaxshi natija qayd etdi. Bu haqda respublika mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston jamoasi bu yil 16 ta tanlovlarda ishtirok etdi va ulardan 14 tasida sovrinli oʻrinlarni egalladi. Yaxshi natija koʻrsatdi, umumjamoa hisobida u uchinchi oʻrinni egalladi”, - dedi vazir jurnalistlarga. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Ucheniya Tsentr-2019 v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
ArMI-2020: "Snayper chegarasi" tanlovida Oʻzbekiston kumush medal oldi

Rossiya va Belarus birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egalladi.

Qurbonov oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar intilishi va mahoratini oshirishi kerak boʻlgan narsalar borligini taʼkidladi.

U oʻyin bahslari barcha mamlakat harbiylariga oʻz mahoratini oshirishga imkoniyat tugʻdirishini qayd etdi.

“Oʻylaymanki, birinchi navbatda askarlarimiz hamjihatlik va doʻstlik bilan gʻalaba qozonishmoqda”, - deya qoʻshimcha qildi vazir.

Mutlaq gʻolib: Oʻzbekiston ArMI-2020 musobaqasining yana bir yoʻnalishida tengsiz

Shuningdek, Qurbonov oʻyinlar tashabbuskori Rossiya va rossiyalik hamkasbi Sergey Shoyguga musobaqalarga taklif uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Xalqaro armiya oʻyinlari 23 avgustdan 5 sentyabrga qadar boʻlib oʻtdi. Bu yil ular oltinchi marta oʻtkazildi. Oʻzbekiston ushbu musobaqalarda 3-marta ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala