Baliqchilik sohasiga imtiyozlar beriladi - prezident qarori

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Mediabankka o‘tishOtlov ribi v ribnom xozaystve "Volma" pod Minskom
Otlov ribi v ribnom xozaystve Volma pod Minskom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda baliqchilik sohasiga qator imtiyozlar berish va uni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish rejalashtirildi.

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. O‘zbekistonda baliqchilik sohasi rivojlantirish uchun taaluqli vazirliklarga vazifalar yuklandi. Bu haqida prezidentning 4816-sonli "Baliqchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi" qarorida aytib o‘tilgan. 

Xususan, baliqchilik sohasiga quyidagi imtiyozlar berish va rejalarni amalga oshirish belgilandi: 

  • sun’iy havzalarda baliq yetishtiradigan xo‘jaliklar suvdan foydalanganda "qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish" uchun belgilangan stavkalarda soliq hisoblanadi;
  • kollektor-drenaj suvlaridan olib foydalanilgan suv resurslari soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
  • baliqchilik xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan foydalanilgan suvning haqiqatda iste’mol qilingan hajmini aniqlash imkoni bo‘lmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasi belgilangan suvni iste’mol qilish normativlarining 50 % miqdorida belgilanadi;
  • baliqchilik uchun foydalanish mumkin bo‘lgan kollektor-drenaj tarmoqlari va undagi suv sho‘rlanish darajasini nazorat qilish va veb saytda ko‘rsatib borish;
  • Omuxta yem sifatini tahlil qilish hamda baliq kasalliklariga tashxis qo‘yish laboratoriyasini tashkil etish rejasini tuzish;
  • 2022 yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi tabiiy suv zaxiralari ixtiofaunasi va suv bioresurslarining yagona ma’lumotlar bankini tashkil etish; 

Undan tashqari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi ishtirokida baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarga baliqlarni inkubatsiya qilish, beton basseynlar va tuproq havzalarida intensiv usulda baliq chavoqlari va tovar baliq yetishtirish bo‘yicha pullik o‘quv kurslari tashkil etish rejalashtirilgan. 

"Ipoteka bank" ATIB taklifiga ko‘ra, baliqchilikka o‘qitish bo‘yicha kurslarning tegishli sertifikatiga ega bo‘lgan fuqarolarga intensiv usulda baliq yetishtirish loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar ustuvor ravishda ajratiladi.

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi "Chinoz dehqon bozori" MChJning "Yangi Chinoz baliq bozori" filiali bino-inshootlarini tegishli hududi bilan birga (keyingi o‘rinlarda — obyekt), keyinchalik uning negizida baliq va baliq mahsulotlari savdosini tashkillashtirishga mo‘ljallangan zamonaviy savdo kompleksini tashkil etish uchun - Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.

Prezident qarori bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0