O‘zbekiston Rossiya vaksinasini xarid qilish imkoniyatini o‘rganmoqda

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishBrifing, posvashenniy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaksine ot COVID-19
Brifing, posvashenniy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaksine ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev O‘zbekiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini xarid qilish imkoniyatini o‘rganib chiqayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinani xarid qilish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev “Kommersant’”ga nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vaksina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom sentre vaksin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qaysi davlat vaksinasiga qiziqish bildirmoqda

Uning ta’kidlashicha, Xitoy hamda boshqa davlatlar O‘zbekistonni koronavirusga qarshi vaksinalar klinik sinovining uchinchi bosqichida qatnashish uchun taklif qilgan. Hozirda uchinchi bosqichda qatnashish yoki sinovlarning muvaffaqiyatli yakunlanganidan keyin vaksinalarni sotib olish masalalari muhokama qilinmoqda.

The Lancet Rossiyaning Sputnik V vaksinasi tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi

Yusupaliyev mamlakat aholini emlash uchun dori vositalarini o‘z vaqtida sotib olishga tayyorligi va bunda vaksinalarning xavfsizligi va samaradorligi katta ahamiyatga ega ekanligini qayd etgan.

“Rossiya vaksinasining xususiyatlarini ham o‘rganyapmiz. Rossiya ham vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgani va uchinchi klinik sinovlar boshlanganidan boxabarmiz. Aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi o‘z vaqtida emlashda xavfsiz va samarali vaksinani, zarur preparatlarni xarid qilishga tayyormiz”, - dedi u.

SSV rasmiysi bu boradagi muhokamalar mutaxassislar va hukumat tomonidan olib borilayotgani, ikki haftalardan keyin qandaydir qarorga kelinishi mumkinligini bildirgan.

Hozirda Hukumat vaksinani xarid qilish uchun mablag‘ ajratish masalasini ham o‘rganmoqda.

Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilish yo‘llarini puxta o‘rganish topshirig‘ini berdi

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.  Moskvada ko‘ngillilarni u bilan emlash ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi tadqiqotlar doirasida 5-7 sentabr kunlari boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0