Dunyoga yangi pandemiya chang solmoqda

© AFP 2023 / FRANCK FIFEPovar gotovit v restorane v Parije yedu na vinos
Povar gotovit v restorane v Parije yedu na vinos - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar zarur choralar ko‘rilmasa, ortiqcha vazn yoki uning oqibatida salomatlikda yuzaga keladigan muammolar tufayli, kelgusi o‘n yillikda sog‘liqni saqlash tizimiga qilinadigan harajatlar yiliga 1,3 trillion dollarga oshishi mumkin

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Millionlab odamlar sog‘lom ovqatdan mahrum bo‘lishmoqda, bu esa butun dunyoda semizlik muammolarini keltirib chiqarishi va global pandemiya xavfini yuzaga keltirishi mumkin, deb xabar qiladi Bloomberg.

Yabloki na selskoxozaystvennoy yarmarke - Sputnik O‘zbekiston
Ekspertlar olmaning kutilmagan zararini aytishdi

BMT prognozlariga ko‘ra, joriy yil yakunida 130 milliondan ziyod odamlar ochlik bilan to‘qnash keladi, ammo rivojlangan davlatlarda semizlik masalasi yanada jiddiy xatarni yuzaga keltirmoqda.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida butun dunyo bo‘yicha insonlar daromaddan mahrum bo‘lib, oziq-ovqatda tejashga va sog‘lik uchun zararli bo‘lgan mahsulotlar, xususan, fastfudni tanlashga majbur bo‘lishgan.

Hozirning o‘zida ortiqcha vaznga ega insonlar soni och qolganlar sonidan bir necha barobar ko‘proqni tashkil qilmoqda. Bu holat ayniqsa, rivojlangan davlatlarda ko‘p ko‘zga tashlanadi.

Abrikosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘rik foydasi va zarari haqida – parhezshunos maslahati

Xususan, britaniyaliklarning uchdan ikki qismi hozirda ortiqcha vazndan aziyat chekishadi. Natijada mamlakatdagi har yettinchi o‘lim nosog‘lom ovqatlanish tufayli yuzaga kelib, buning oqibatida tibbiyotga harajatlar muntazam oshmoqda.

Ortiqcha vaznga ega insonlar qand kasaliga, yurak-qon tomir kasalliklariga va rak kasalliklariga moyil bo‘ladi.

Ayni vaqtda, BMT hisob-kitobiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 3 milliard inson sog‘lom ovqat olishdan mahrum bo‘lib, shu tufayli ortiqcha vazn muammolari paydo bo‘lmoqda. Bu esa yangi pandemiyani keltirib chiqarish bilan tengdir.

Agar zarur choralar ko‘rilmasa, ortiqcha vazn yoki uning oqibatida salomatlikda yuzaga keladigan muammolar tufayli, kelgusi o‘n yillikda sog‘liqni saqlash tizimiga qilinadigan harajatlar yiliga 1,3 trillion dollarga oshishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0