TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasining birinchi partiyasi keng muomalaga chiqarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Rossiya SSV matbuot xizmati xabariga koʻra, yaqin kunlarda u Rossiya mintaqalariga yetkazib beriladi.
Taʼkidlanishicha, vaktsina barcha zaruriy laboratoriya sinovlaridan oʻtgan.
Avgust oyida Rossiyada dunyoda birinchi boʻlib Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan COVID-19 ga qarshi vaktsina roʻyxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.
Vaktsinani sinash jarayonida ishtirokchilarning yuz foizida immun javobi hosil boʻldi va ularda nojoʻya asoratlarni keltirib chiqmadi.
Shu bilan birga, emlangan koʻngillilardagi antitanachalar darajasi kasallanganlarga qaraganda 1,4-1,5 barobar koʻp boʻlgan.