Dunyoda

Jurnalist Xashoggining oʻlimida ayblanganlar ustidan hukm chiqarildi

© AP Photo / Lefteris PitarakisPortret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule
Portret saudovskogo jurnalista Djamalya Xashukdji v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Saudiya Arabistonida jurnalist Jamol Xashoggining oʻldirilishi ishi yuzasidan besh kishi 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Saudiya Arabistoni sudi 2018 yil oktyabrda Istanbulda oʻldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining oʻlimida ayblanganlarga nisbatan yakuniy sud hukmini eʼlon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Jamal Xashoggi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xashoggining oilasi qotillarni kechirdi

Qirollik bosh prokuraturasi rasmiy vakilining maʼlum qilishicha, qotillikda ayblangan sakkiz nafar shaxsning besh nafari 20 yil, bir nafari oʻn yil, yana ikki nafari yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Saudiyalik taniqli jurnalist Jamol Qoshiqchi 2017 yildan AQShda yashagan va Washington Post gazetasida ishlagan. U 2018 yil oktyabr oyida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonada oʻldirilgan.

Avvaliga Ar-Riyod uning konsulxonada izsiz yoʻqolganini rad etdi, biroq bir necha vaqt oʻtib video va audioyozuvlar paydo boʻlgandan soʻng hukumat Xashoggi “konsulxona ishchilari bilan janjal natijasida” oʻldirilganini tan olishga majbur boʻldi. Turkiya politsiya xodimlari jurnalistning jasadini hozirgacha topa olishmagan.

Yangiliklar lentasi
0