Iqtisod

Qozogʻiston Oʻzbekistonga gʻalla va un eksportini davom ettiradi

© Sputnik / Artem Kreminskiy / Mediabankka oʻtishUborka zernovыx.
Uborka zernovыx. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bugungi kunda Qozogʻistonda hosilning 60 foizi yigʻishtirib olingan. Bu oʻtgan yilgiga qaraganda kam emas, shu bois Qishloq xoʻjaligi vazirligi gʻallani chet elga sotishni taqiqlash masalasini koʻrib chiqmayapti.

TOSHKENT, 8 sen — Sputnik. Qozogʻiston 2020-2021 yillardagi marketing yilida gʻalla va unni anʼanaviy bozorlarga – Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Eronga eksport qilishda davom etadi. Bu haqda respublika qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Aydarbek Saparov maʼlum qildi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 11 dekabrya provel soveщaniye, posvyaщennoye rezultativnosti reformirovaniya predpriyatiy s uchastiyem gosudarstva i prioritetnыm zadacham v etom napravlenii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Bosqichma-bosqich paxta va gʻalla boʻyicha davlat rejasini bekor qilish muhokama qilindi

Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda mamlakatda hosilning 60 foizi yigʻishtirib olingan. Bu oʻtgan yilgiga qaraganda kam emas, shu bois Qishloq xoʻjaligi vazirligi gʻallani chet elga sotishni taqiqlash masalasini koʻrib chiqmayapti.

“Biz dunyoning 40 tacha mamlakatlariga eksport qilamiz. Bu marketing yilida, 2020 yil iyulidan 2021 yil iyuliga qadar sakkiz million tonna gʻallani eksport qilishni prognoz qilmoqdamiz”, - dedi Saparov. Uning soʻzlaridan Sputnik Qozogʻiston iqtibos keltirgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 2021 yildan gʻallaga davlat xaridi narxini belgilash amaliyotidan toʻliq voz kechilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0