Hodisalar

Andijonda 11 ta toʻyda karantin talablariga rioya qilinmadi

© Sputnik / Dmitriy MatveyevGosti tantsuyut na uzbekskoy svadbe
Gosti tantsuyut na uzbekskoy svadbe - Sputnik Oʻzbekiston
1 avgust kunidan 7 sentyabr kuniga qadar Andijon viloyatining qator tumanlarida oʻtkazilgan jami 11 ta toʻy marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Andijonda toʻy marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda

Restoran. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda karantin qoidasiga zid ravishda oshxonada toʻy oʻtkazildi

Taʼkidlanishicha, joriy yilning 1 avgust kunidan 7 sentyabr kuniga qadar Qoʻrgʻontepa, Marhamat, Asaka, Jalaquduq, Shahrixon hamda Xoʻjaobod tumanlarida oʻtkazilgan jami 11 ta toʻy marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Oʻzbekiston MJtKning 54-modda 2-qismiga asosan maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qonuniy chora koʻrishlik uchun Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga yuborilgan.

Eslatib oʻtamiz, oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala