Koronavirusga qarshi AstraZeneca vaktsinasi sinovlari toʻxtatildi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev / Fotobankka oʻtishV Zabaykalye postupila test-sistema dlya opredeleniya antigena koronavirusa
V Zabaykalye postupila test-sistema dlya opredeleniya antigena koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kompaniya vakili soʻzlariga koʻra, "tekshiruvning standart jarayoni" sinovlar toʻxtatilishiga olib kelgan. Klinik sinovlarning toʻxtatilishi qancha vaqtga choʻzilishi hozircha maʼlum emas.

TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaktsinasi sinovlari Buyuk Britaniyadan boʻlgan ishtirokchilardan birida noxush taʼsir ehtimoli tufayli toʻxtatildi, deb xabar qilmoqda Stat News portali kompaniya vakiliga tayangan holda.

Proizvodstvo vaktsinы ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
The Lancet Rossiyaning Sputnik V vaktsinasi tadqiqotlari natijalarini eʼlon qildi

Oksford mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan AstraZeneca vaktsinasi avgust oyida AQShda uchinchi bosqich sinovlariga oʻtgan edi. Sal oldin AstraZeneca mutaxassislari Buyuk Britaniya, Braziliya va JARda boshlangan.

Kompaniya vakili soʻzlariga koʻra, "tekshiruvning standart jarayoni" sinovlar toʻxtatilishiga olib kelgan. Uning soʻzlariga koʻra, AstraZeneca "sinovlar oʻtkazilishi muddatiga ehtimoliy taʼsirlarni minimallashtirish uchun ushbu holatni tezlashtirilgan tartibda tahlil etmoqchi". Kompaniya vakili soʻzlariga koʻra, sinovlarning toʻxtatilishi "shablon xarakterga" ega va bunday holatlarda zarurdir.

Pervaya v mire vaktsina ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Javoblar va savollar: Rossiya vaktsinasi tanqidchilariga

Noxush taʼsirlar kelib chiqishi sabablari maʼlum emas, ammo manbalar soʻzlariga koʻra, sinovlar ishtirokchisi tuzalishi kutilmoqda. Manbalar soʻzlariga koʻra, ushbu holat AstraZeneca vaktsinasi boʻyicha oʻtkazilayotgan boshqa tadqiqotlarga ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan.

Klinik sinovlarning toʻxtashi qancha uzoq davom etishi hozircha maʼlum emas, deya taʼkidlanmoqda.

AQShda shuningdek, Moderna va Pfizer kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaktsinalari sinovlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0