Rossiya TIV Berlinning Navalniy to‘g‘risidagi bayonotiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZdanie MID RF
Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV bayonotida keltirilishicha, barcha murojaatlarga qaramasdan, Berlin ularga tezkor va konstruktiv munosabat bildirishni joiz deb bilmagan.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Berlinning Navalniy to‘g‘risidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

Kuni kecha AQSh davlat departamenti G7 mamlakatlarining qo‘shma bayonotini tarqatdi. Unda ular Rossiyani zudlik bilan Aleksey Navalniyning “zaharlanishida” kim javobgar ekanini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortishni chaqirishgan.

“Bizning barcha murojaatlarimizga qaramasdan, Berlin ularga tezkor va konstruktiv munosabat bildirishni joiz deb bilmadi”, - deyilgan Rossiya TIV bayonotida.

Ta’kidlanishicha, Rossiya GFRning Aleksey Navalniy atrofidagi voqealarga bo‘lgan yondashuvini konstruktiv emas deb hisoblaydi.

“Bir vaqtning o‘zida Germaniya hukumatining shunday konstruktiv bo‘lmagan yondashuvi ortida Rossiyaga asossiz ta’nalar yog‘dirilishi davom etmoqda. Keng tarqalgan dezinformatsiya kampaniyasi uning tashabbuskorlari asosiy vazifani A.Navalniyning sog‘lig‘i haqida qayg‘urish va uning kasalxonaga yotqizilishining haqiqiy sabablarini aniqlashni emas, balki sanksiya joriy etish ruhini ishga solishni ko‘rishayotganidan yaqqol dalolat beradi”, - deyilgan xabarda.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Germaniya TIV rahbarining so‘zlariga javob qaytardi

Rossiya TIV bayonotida bildirilishicha, GFR tomonidan Navalniy ishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘qligi Rossiyaga bo‘lib o‘tgan hodisani aniqlashda zaruriy mexanizmlarni ishga solishiga imkon bermayapti.

Shuningdek, xabarda Germaniya rossiyalik tibbiyot xodimlarining nemis hamkasblari bilan Navalniy ishi bo‘yicha muloqotini to‘xtatib qo‘yganini qo‘shimcha qilingan.

“Ta’kidlaymizki, rossiyalik tibbiyot xodimlari ham nemis hamkasblari bilan Rossiya va Germaniya ega bo‘lgan A.Navalniy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muhokama qilish uchun muloqotni yo‘lga qo‘yishni taklif etmoqda. Afsuski, Germaniya tomoni bu jarayonni sustlashtirib to‘xtatib qo‘ymoqda”, - deyilgan xabarda.

Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Navalniy haqidagi audioyozuvning e’lon qilinmagan qismi borligini ma’lum qildi

Navalniy 20-avgust kuni samolyotdan o‘zini yomon his etgach, Omskda shoshilinch kasalxonaga yotqizilgan edi. Omsklik vrachlar tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida qon tarkibida qandning keskin tushib ketishi yuz bergan, deya tashxis qo‘yganlar. Ammo u nima tufayli yuz bergani - hozircha ma’lum emas, Navalniy qoni va peshobida, omsklik shifokorlar ma’lumotlariga ko‘ra, zaharlar aniqlanmagan.

Keyinchalik blogerni samolyot bilan Germaniyaga olib ketishdi. Chorshanba kuni GFR hukumati harbiy mediklarga tayangan holda, Navalniyni "Novichok" jangovar moddasi tarkibiga kiruvchi zaharli substansiya bilan zaharlashgani haqida bayonot berdi.

Kreml Berlin Moskvani o‘z xulosalari haqida xabardor etmaganini ta’kidladi, Rossiya TIV esa Rossiya ushbu holat yuzasidan Germaniyadan rasmiy javob kutayotganini bildirdi.

7 sentabr kuni Berlinning “Sharite” klinikasi Navalniy holati yaxshilangani, uni komadan chiqarishga muvaffaq bo‘lingani haqida xabar berdi.

Yangiliklar lentasi
0