Shunga loyiq. Norvegiyada Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini berishmoqchi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputat fikri bo‘yicha, Tramp ma’muriyati Isroil va BAA o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilishida muhim rol o‘ynagan. U bu haqda Nobel qo‘mitasiga yo‘llagan maktubida ta’kidlab o‘tgan.

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampni uning jahondagi davomli mojarolarni hal etishdagi ijobiy harakatlari uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ilgari surishdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Tegishli taklif Norvegiyaning "Taraqqiyot partiyasi" deputati Kristian Tibring-Gedde tomonidan kiritilgan.

"Men o‘ylaymanki, davlatlar o‘rtasida tinchlikni o‘rnatish uchun u Tinchlik mukofotiga bo‘lgan aksariyat boshqa nomzodlardan farqli o‘laroq ko‘proq ishni amalga oshirgan", - dedi u.

Deputat fikri bo‘yicha, Tramp ma’muriyati Isroil va BAA o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilishida muhim rol o‘ynagan. U bu haqda Nobel qo‘mitasiga yo‘llagan maktubida ta’kidlab o‘tgan.

Isroil va BAA ilgariroq munosabatlarni to‘liq normallashtirish haqida kelishib olishgan edi. AQSh bilan hamkorlikda bo‘lgan uch tomonlama bayonot shartlariga ko‘ra, Isroil Iordan darosining G‘arbiy qirg‘og‘ida o‘z suverenitetini targ‘ib etish qarorini vaqtincha kechiktiradi. Bundan tashqari, Isroil va BAA turli sohalarda bitimlar imzolaydilar.

Yangiliklar lentasi
0