TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Livan poytaxti Bayrut shahridagi portda yana kuchli yongʻin yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, avtomobil shinalari va moylari saqlanadigan omborga oʻt ketgan.
“Hodisa joyida oʻt oʻchiruvchilar ish olib bormoqda, ularga armiya vertolyotlari yordam bermoqda”, - deyilgan xabarda.
People at the port running away from the fire and evacuating the area. @LebarmyOfficial issued a statement telling people to leave the port area.
— Tamara Rasamny تمارا رسامني (@tamararasamny) September 10, 2020
I have no words. pic.twitter.com/mCbvpDb5dw
Eslatib oʻtamiz, Livan poytaxti Bayrut shahrida 4 avgust kuni ham dahshatli portlash yuz bergan edi. Portlash Bayrut portida olti oy davomida kerakli tartibda saqlanmagan 2 750 tonna ammiak selitrasi sabab yuzaga kelgan. Portlash oqibatida 190 kishi qurbon, olti mingdan ziyod kishi esa jarohat olgan.